XROMATIDA

XROMATIDA (yun. chromatos — rang, boʻyoq) — xromosomaning tuzilma elementi (q. Xromosoma). Hujayra yadrosi interfazasi davrida DNK molekulasining ikki hissa ortishi (replikatsiyasi) natijasida hosil boʻladi. Xromatida mitozning metafazasida ayniqsa yaxshi koʻrinadi. Bu davrda xromosoma 2 ta Xromatidadan iborat. Ular birlamchi belbog (sentromera) orqali oʻzaro birikkan boʻladi. Mitoz anafazasida sentromera uzilib, X. yangidan hosil boʻladigan qizlik yadrolarga tarqaladi va mustaqil (qizlik) xromosomalarga aylanadi. Meyozda gomolog xromosomalar oʻzaro yaqinlashib, toʻrtta xromatidadan iborat tetradani hosil qiladi (q. Meyoz). X. oʻrtasidagi farq krossingover natijasida yoki har xil Xromatidaning qismlari oʻrtasida oʻzaro almashinuv tufayli paydo boʻladi. Ayrim fizik va kimyoviy omillar taʼsirida bunday almashinuv tezlashadi. Almashinuvlar natijasida irsiy xilmaxillik (genetik geterogenlik) ortadi.


Lotin alifbosida maqola: XROMATIDA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



HUJAYRA
YER
MEYOZ
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI
MITOZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты