YERTOSHSOY

YERTOSHSOY — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy, Ohangaron daryosining oʻng irmogʻi. Chatqol tizmasidagi Odamtosh dovonining jan. yon bagʻridan boshlanadi. Yertoshsoyning 60 dan ziyod irmogʻi bor, eng yirik irmogʻi Qizilchasoydir. Uz. 17 km, havzasining mayd. 151 km2. Ye. asosan qor, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 3 m3/sek, suvining asosiy qismi (65—70%) mart—iyun oylarida oqib oʻtadi. Baʼzan sel toshqinlari boʻlib, suv sarfi 65 m3/sek gacha yetadi (1953.18.5). Yertoshsoy boʻyida Yertoshsoy qishlogʻi joylashgan.


Lotin alifbosida maqola: YERTOSHSOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TOSHKENT VILOYATI
SIRDARYO
YER
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты