YERQALAMPIR

YERQALAMPIR, xren (Armoracia) — karamdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi, sabzavot ekini. Yevrosiyoda 2 turi bor. Oddiy Yerqalampir (A. rusticana) — Yevropa, Hindiston, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi (ildizida S vitamini, efir moylari, fitonsidlar bor). Isteʼmol uchun yoʻgʻon etli ildizpoyasi (ziravor sifatida) va bargi ishlatiladi. Tupi serbarg. Bargi yashil, choʻziq, toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi. Ildizi tuproqqa 80—100 sm gacha kirib boradi, ildizpoyasi esa tuproqning 30 sm gacha boʻlgan qismida joylashadi. Yerqalampir yuqori haroratga chidamli, namga talabchan. Ildiz poyalaridan tayyorlangan qalamchalardan (uz. 15—20 sm, yoʻgʻonligi 1 — 1,5 sm) koʻpaytiriladi. Kuzda qalamchalar yertoʻla yoki issiqxonalarda saqlanadi. Erta bahorda yoki avg. oyida dalalarga qatorlab yoki qoʻsh qatorlab ekiladi. 1 ga maydonga 40—55 ming koʻchat ketadi. Kuzda oʻsuv davri tugagach, ildizmevalari kavlab olinadi. 120—150 s/ga ildizpoya va 350—400 s/ ga barg olinadi. Yerqalampir ildizi va bargida turli mineral tuzlar, vitaminlar va achchiq taʼm beruvchi sinergii glikozi-di mavjud. Undan oshqozon kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Yerqalampir oʻziga xos oʻtkir hid va xushboʻy taʼm beradi. Oziq-ovqat sanoatida, turli mahsulotlarni (pomidor, bodring va b.) tuzlashda ishlatiladi. Valkovskiy, Atlant, Suzdal navlari ekiladi. Oʻzbekistonda shaxsiy tomorkalarda, fermer xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Oʻtloq Ye. (A. sisymbrioides) — yovvoyi holda uchraydi. Ildizi isteʼmol qilinadi.

Dilorom Yormatova.


Lotin alifbosida maqola: YERQALAMPIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
HINDISTON
YAPONIYA
TOSHKENT
YER


Добавить комментарий