YERQOʻRGʻON

YERQOʻRGʻON — qad. shahar xarobasi (mil. av. 9—8-a. lar — mil. 6-a.). Qarshi sh. dan 10 km shim. da joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga olingan. Yerqoʻrgʻonda dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzolari (L. I. Zimin, I. Kastanye), keyinchalik arxeologlar A. I. Terenojkin (1946), S. K. Kabanov (1946—72 tanaffus b-n), Ya. Gʻulomov (1959—64), M. Ye. Masson (1963—64) tekshirishlar olib borgan. 1973-y. dan Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Qashqadaryo ekspeditsiyam kazish ishlari olib boradi. Yerqoʻrgʻon xarobasi kalʼa va shahristondan iborat boʻlib, umumiy mayd. 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori b-n oʻralgan. Ichki devori (bal. 8 m gacha) beshburchak tarxli boʻlib, taxm. 40 ga maydonni uragan atrofi xandaq boʻlgan. Unda qalʼa, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joylar va b. joylashgan. Kulollar mahallasidan bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan, uning tagidan eng qad. mudofaa devori krldikdari topildi (mil. av. 8—7-a. lar). Ibodatxona sella (sajdagoh), bir necha kichik xona hamda ayvondan iborat boʻlgan. Shahar ikkinchi qator devorlari ichidan daxma, maqbara, temirchilar mahallasi kavlab oʻrganilgan. Qazish vaqtida sopol idish (xum, xumcha, hoʻqacha, kosalar, tova, qozon, togʻora, qadah va b.), diniy marosimlarda ishlatiladigan asboblar, maʼbudalarning sopol haykalchalari, Naxshab tangasi (3—6-a. lar), sugd yozuvi namunalari, muxr nusxasi topilgan.

Ad.: Isamiddinov M. X., Suleymanov R. X., Yerkurgan, T., 1984; Suleymanov R. X., Drevniy Naxshab, T., 2000.

Rustam Sulaymonov.


Lotin alifbosida maqola: YERQOʻRGʻON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
QASHQADARYO VILOYATI
ROSSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты