XROMOFORLAR (xromo… va yun. phoros — tashuvchi) — xromogenlar deb ataladigan organik birikmalarga maʼlum bir rang beradigan toʻyinmagan atomlar guruhlari (mas, — N=N—, SN=SN, N=0, >S=O). Xromogenlarni boʻyaladigan moddalar (mas, tola) uchun tatimli boʻyagichlarga aylantirish maqsadida ularning molekulalariga auksoxromlar qoʻshiladi.