XROMSHPINELIDLAR

XROMSHPINELIDLAR, xromshpinellar — murakkab oksidlar kichik sinfining shpinelidlar guruhiga mansub minerallari; doimiy tarkibga ega boʻlmagan qattiq eritmalar sistemasi. Kimyoviy tarkibi (Mg, Fe)(Cr, Al, Fe, Ti)2O4. X. 20 ga yaqin mineral va ularning turlarini oʻz ichiga oladi. Asosiy minerallari: magnoxromit, xrompikotit, alyumoxromit. Sof xromit FeCr2O4 kam uchraydi, meteoritlardagina topilgan. Xromshpinelidlarda V, Ti, Mg, Zn izomorf aralashmalari bor. Ti ning kupligi xromli ulveshpinel va ilmenitning mikroqoʻshimchalari bilan bogʻliq. Tarkibida Fe koʻp boʻlgan X. ferrimagnetiklardir. X. koʻpincha platina guruhi minerallarining mexanik aralashmasini tashkil qiladi. Kub singoniyada kristallanadi. Odatda, kora donador massalar, baʼzan oktaedr shaklidagi mayda kristallar holida uchraydi. Rangi qora, qoʻngʻirqora. Metalldek yaltiroq. Qattikligi 5,5 — 7,5, zichligi 4,2—5,1 g/sm3. X. konlari, asosan, ultraasosli magmatik jinslar bilan bogʻliq. Undan tashqari, talk va xloritli slaneslar, dolomitlar, temirli meteoritlar va oy bazaltlarida uchraydi. Sochmalarda turgʻun holatda boʻladi. Yirik konlari JAR, Braziliya, Albaniya, Turkiya, RF (Ural) va Qozogʻiston jan. ida mavjud. X. xrom rudayaariiint asosiy minerallaridir. Sunʼiy X. (xromli ferritlar)dan radioelektronika, hisoblash texnikasi va b. da foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XROMSHPINELIDLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
PLATINA RUDALARI
TOSHKENT
TOQTOSH Rafail Hodiyevich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты