YESENIN Sergey Aleksandrovich

YESENIN Sergey Aleksandrovich [1895.21.9 (3.10), Ryazan viloyati Konstantinov, hoz. Yesenin qishlogʻi — 1925.28.12, Sankt-Peterburg, Moskvada dafn etilgan] — rus shoiri. Ilk sheʼriy toʻplami «Radunitsa» (1916) dayoq qalb holatlarini noziq tuygʻularda berishni, tabiat bilan bogʻliq ruhiy kechinmalarni ifodalashning ustasi, qish-loq hayoti, xalq tili va qalbining bilimdoni ekanligini namoyish etgan. 1919—22 y. larda Yesenin imajinist (ijodning maqsadini asarning mazmuniga mos kelishi shart boʻlmagan obrazlarni oʻylab topishda deb tushunuvchi)lar guruhida boʻlgan. «Moskva mayxonalari» (1924) va b. turkum sheʼrlarida, «Kora odam» (1925) dostonida shahar hayotining yaramas tomonlari, qishloqni xonavayron qilayotgan «taraqqiyot» haqqoniy aks ettirilgan. Yesenin «Anna Snegina» (1925) dostoni hamda «Shoʻro Rusi», «Zamin dargʻasi» (1925) toʻplamlarida «kommuna oyoqqa turgʻizayotgan Rus»ni anglashga harakat qilsa ham, oʻzini «oʻtmishga aylanayotgan Rus» ning shoiri deb bildi.

«Fors taronalari» sheʼrlar turkumi (1924—25) Hofiz, Saʼdiy, Xayyom kabi Sharq ijodkorlariga cheksiz hurmat-ehtirom mahsuli sifatida dunyoga keldi. «Jar» (1916) qissasi, «Bobil va Drujok» (1917) hikoyasi, «Temir Mirgorod» ocherkida Yesenin nasriy imkoniyatlarini namoyish etdi. Yesenin 1921-y. Toshkent va Samarqand sh. larida boʻlgan. «Tanlangan sheʼrlar», «Zamin dargʻasi», «Lirika: sheʼrlar, dostonlar» sheʼriy toʻplamlari E. Vohidov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1965, 1970, 1981). Toshkentda shoirning uymuzeyi ochilgan (1985). Yeseninning shaxsiy xayoti fojialar ichida kechgan. U ogʻir ruhiy holatga tushib qolib, SanktPeterburgdagi mehmonxonalardan birida oʻzini-oʻzi oʻldiradi.


Lotin alifbosida maqola: YESENIN Sergey Aleksandrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты