XRONIKA

XRONIKA (yun. chronika — yilnoma) — 1) adabiy janr. Voqealarning tarixan izchil bayonini uz ichiga oladi. Xronikada vaqt tarixiy jarayonning subyekti tarzida aks etadi. X. syujeti vaktning uzgarishi taʼsirida uyushtiriladi, asar voqealari va personajlar takdiri vaqtga bogʻliq holda oʻzgaradi. X. syujetini real tarixiy vaqtdan boshlangan voqealar surʼati, davomiyligi, tartibi va ritmi tashkil etadi. X. dastlab miflar va epik syujetlarning tarixiy asosini belgilovchi unsurlar shaklida namoyon boʻlgan. Qad. Injil kitoblarida va island sagalarida Xronikadan foydalanilgan. Oʻrta asrlarda X. mustaqil tarixiy janr — yilnomalarda koʻp uchraydi. Uygʻonish davridan boshlab X. materiallaridan badiiy maqsadlarda foydalaniladi. Shekspir dramalarida X. unsurlari ishlatilgan. Keyinroq xronikal bayon usullarini qoʻllash estetik maʼno kasb etdi. 20-a. da epik usul taraqqiyoti bilan bogʻliq holda va adabiyotning hujjatlilikka intilishi tufayli X. keng avj oldi (mas, S. Ayniyning «Qullar» romani va b.);

2) vaqtli matbuotda, radio, televideniye, kinoda siyosiy, xujalik, madaniy va b. hayotga oid kundalik voqealarni axborot tarzida yorituvchi material.


Lotin alifbosida maqola: XRONIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
UYGʻONISH DAVRI
XALQ IJODI
XITOY
YER


Добавить комментарий