YESIPOV Ivan Nilovich

YESIPOV Ivan Nilovich (1901.4.2 — Toshkent — 1963.6.10) — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston xalq artista (1952). Toʻliq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi. Moskva va Tbilisi konservatoriyalarida oʻqigan. Toshkent rus opera va balet teatri (1939—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948 — 60) yakkaxoni. Alovuddin Shoshiy (A. Kozlovskiy, «Ulugbek»), Boris Godunov (M. Musorgskiy, «Boris Godunov»), Ivan Susanin (M. Glinka, «Ivan Susanin»), Gremin (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin»), Storojev (T. Xrennikov, «Boʻronda»), Mefistofel (Sh. Guno, «Faust»), Nilikanta (L. Delib, «Lakme») va b. partiyalarni mahorat bilan ijro etgan.


Lotin alifbosida maqola: YESIPOV Ivan Nilovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
ALISHER NAVOIY
ZOKIROVLAR
NAVOIY TEATRI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты