YESIPOV Matvey Akimovich

YESIPOV Matvey Akimovich (1897, Chkalov viloyati — 1968, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1950). Moskva rassomlik bilim yurtida taʼlim olgan (1918—20). Samarqanddagi «Musulmon agitguruhi»da rassom (1921—23). 1923-y. dan Samarqand viloyatlararo rus drama teatri, 1924-y. dan Samarqand viloyat musiqali drama teatrining bosh rassomi hamda Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog. Dastlab spektakllarni badiiy bezashda agitplakat uslubidan foydalangan Yesipov 30-y. larning 2-yarmidan spektakllar ruhiga mos sahna bezaklari yaratgan. F. Zafariyning «Halima» (1931), Xurshidning «Farhod va Shirin» (1934), «Layli va Majnun» (1955), S. Abdullaning «Tohir va Zuhra» (1948), «Alpomish» (1950), Abdulla Qahhorning «Yangi yer» (1950), «Ogʻriq tishlar» (1955) va b. asarlar asosida yaratilgan spektakllarni badiiy bezagan.


Lotin alifbosida maqola: YESIPOV Matvey Akimovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TEATR
TOSHKENT
FRANSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты