XRONOGRAF

XRONOGRAF (xron… va…graf) — qisqa vaqt oraliqlarini oʻlchash va biron bir voqeaning sodir boʻlish vaqtini aniq qayd qilish uchun moʻljallangan asbob. Qayd qilish anikligi 0,001 s. Qayd qilish usuliga koʻra, yozma (qogʻoz lentaga chiziqlar chizadi), bosma (chop qiluvchi) va foto (fotoplyonkaga suratga tushiruvchi) turlarga boʻlinadi. Yozma Xronografda voqeaning sodir boʻlish payti bir tekis harakatlanib turuvchi qogʻoz lentaga oʻziga xos tuzilishdagi perolar yordamida qayd qilinadi. Bosma Xronografda perolar oʻrniga igna ishlatiladi. Bunday Xronografda 4 ta aylanuvchi disk boʻlib, ularning gardishida soat, minut, sekund va sekund ulushlari kursatiladi, ulushlar doirasi 1 sekundda, sekundlar doirasi 1 minutda, minutlar doirasi 1 soatda va soatlar doirasi 24 soatda bir marta aylanadi. Qayd qilinadigan vaqt yozuv mashinkasi lentasi orqali qogʻoz lentaga bosiladi. Foto Xronografda vaqtni koʻrsatuvchi doiralarning maʼlum kdemi chaknovchi lampa yorugʻligi yordamida fotoplyonkaga tushiriladi. Astronomiya, geodeziya, aviatsiya va dengiz navigatsiyasida aniq soat — xronometrdan foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: XRONOGRAF haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



VAQT
YOZUV
YER
OʻLCHASH ASBOBLARI
Tushda igna ko`rsa nima bo`ladi.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты