YESSENTUKI

YESSENTUKI — RF Stavropol oʻlkasidagi shahar (1917-y. dan). T. y. stansiyasi. Aholisi 88 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Kavkaz mineral suvlari guru-hidagi balneologik kurort. Podkumok daryosi vodiysida, 600—640 m balandlikda joylashgan. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yozi iliq, qishi yumshoq. Iyulning oʻrtacha t-rasi 20°, yanv. niki —4°. Yiliga 520 mm yogʻin yogʻadi. Mineral karbonatli buloklar suvi ichiladi va qadoqlanib joʻnatiladi, yessentuki, narzan suvi vannasiga tushiladi. Tambukan koʻlidan keltirilgan balchiq bilan davolash ham qoʻllaniladi. Meʼda-ichak, jigar, jigar va oʻt yoʻllari, moddalar almashinuvi buzilishi (ortiqcha semirish, podagra, qandli diabet) kasalliklari bilan ogrigan bemorlar davolanadi. Yessentuki 1798-y. da qurilgan harbiy istehkom oʻrnida 1839-y. da vujudga kelgan. Oʻsha yildan kurort sifatida rivojlanmoqda. Oziqovqat (jumladan, mineral suv qadoqlash) va yengil sanoat korxonalari bor.


Lotin alifbosida maqola: YESSENTUKI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
YAPONIYA
XITOY
GRUZIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты