YESU MUNKE

YESU MUNKE (7-1251) – Chigʻatoy ulusi xoni (1246—51). Chigʻatoyning oʻgʻli, Chingizxonning nabirasi. Ulugʻ qoon Guyukxon (1246—48) farmoniga koʻra Qora Hulaguning oʻrniga ulus taxtiga uning yaqin doʻsti Yesu Munke oʻtirgan. Rashiduddinning yozishicha, Yesu Munke ichkilikka shu qadar mayl qoʻyganki, nafaqat davlat ishlari b-n, balki oʻzining oʻrdasi ishlari bilan ham shugʻullana olmay qolgan. Barcha ishlarni xotini Tukashi boshqargan. Ye. M. Moʻgʻullar davlatita Munkening ulug qoon boʻlishiga qarshi chiqqan. Yesu Munke 1251-y. gi qurultoyga kelganida Munke tarafdorlari tomonidan qoʻlga olinib, Botuxon oʻrdasiga yuborilgan. Botu Ye. M. ni yurtiga qaytarib yuborgan, Qora Hulaguning bevasi Orqina xotun esa uni qatl etgan.


Lotin alifbosida maqola: YESU MUNKE haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MOʻGʻULLAR ISTILOSI
AMIR TEMUR
CHIGʻATOY ULUSI
ALISHER NAVOIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты