YETARLI ASOS QONUNI

YETARLI ASOS QONUNI — har bir fikrning asosli, isbotlangan boʻlishi, boshqa fikrlar bilan zaruriy bogʻliqligi haqidagi mantiqiy qonun.

Unda qar qanday chin fikr asoslangan boʻlmogʻi, yaʼni uning chinligi boshqa chin fikr bilan asoslangan, undan mantiqiy kelib chiqqan, u bilan isbotlangan boʻlishi lozim. Aks holda fikrdagi izchillik, mantiqiy tartib buziladi. Yetarli asos qonuni obyektiv munosabatlarni, xususan, borliqdagi sababiy bogʻlanishlarni aks ettirish asosida shakllangandir. Mas, qirda bugʻdoyning yaxshi koʻkarishi, moʻl hosil berishi yomgʻirning oʻz vaqtida yogʻib turishiga bogʻliq. Yomgʻir yogʻishi bulutning paydo boʻlishi va toʻplanishiga, bu esa, oʻz navbatida, yerdagi suvlarning yetarli darajada bugʻlanishiga bogʻliq. Demak, sabab va oqibat mavjudligi mutlaqo oʻzgarmas xususiyat emas. Biroq, olamda har bir narsa va hodisa sabab va oqibat shaklida koʻrinishi mumkin, chunki tayin narsa va hodisalar emas, umumiy bogʻlanish, oʻzgarish, rivojlanish abadiydir. Yetarli asos qonuni obyektiv reallikni toʻgʻri aks ettirish, jumladan fanning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: YETARLI ASOS QONUNI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
FOROBIY
IBN SINO
FIZIKA
HAYOTNING PAYDO BOʻLISHI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты