YETIMKALOS TIZMASI

YETIMKALOS TIZMASI — Surxondaryo viloyatidagi Surxon-Sherobod qator tepalari tarkibiga kiruvchi tizma. Eng baland joyi 1216 m. Uz. 8—10 km. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Shim.-gʻarbiy yon bagʻri ancha tik. Jan.sharqiy yon bagʻri yotiqroq, quruq soy va tor daralar bilan oʻyilgan. Yetimkalos tizmasi boʻr va paleogenning qumtosh, alevrolit, ohaktosh va gipsidan tashkil topgan. Ayrim joylarda dagʻal toʻq boʻz tuproqlar yuvilib ketganligi tufayli tub jinslar ochilib qolgan. Yon bagʻirlarda qoʻngʻirbosh, iloq, efemeroidlar, shuningdek, shair bilan birga togʻ shuvogʻi, biyurgʻun, shoʻra, gulxayri, oqquray keng tarqalgan. Yetimkalos tizmasi yaylov sifatida foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: YETIMKALOS TIZMASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SURXONDARYO VILOYATI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
YER
KALIF-ShEROBOD QATOR TEPALARI
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты