XUAN KARLOS I

XUAN KARLOS I (Juan Carlos I; toʻliq nomi — Xuan Karlos Viktor Manuel de BurboniBurbon) (1938.5.1, Rim) — Ispaniya davlat arbobi. Barselona grafi Don Xuan oʻgʻli, qirol Alfons XIII nevarasi. Madriddagi «SanIsidro» kollejini tugatgan (1954), umumqoʻshin, harbiydengiz va aviatsiya bilim yurtlarida oʻqigan (1955—59). Armiya, aviatsiya va flot generalkapitani. Madrid universitetida tarix, falsafa, iqtisodiyot fanlarini oʻrgangan (1960—62), Ispaniyadagi turli vazirlik va davlat muassasalarida tajriba orttirgan. 1969-y. Ispaniya davlat boshligʻi general Franko Xuan Karlos Ini oʻzining rasmiy vorisi — Ispaniya shahzodasi etib tayinlagan. Franko vafotidan soʻng, 1975-y. 25 noyab. dan Ispaniya Qirolligi qiroli. Ayni vaqgda Ispaniya qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni.


Lotin alifbosida maqola: XUAN KARLOS I haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISPANIYA
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TARIX
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты