YETIMTOGʻ QABRISTONLARI

YETIMTOGʻ QABRISTONLARI — Jizzax viloyati hududidagi togʻ nomi b-n atalgan qad. qabristonlar (mil. av. 1-ming yillik). Yetimtogʻ yaqinida jami 3 ta qabriston bor: Yetimtogʻ I, II, III. Har bir qabriston 5—10 ta qabrqoʻrgʻondan iborat. Yetimtogʻ I 1970-y. Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan oʻrganilgan. Undagi 6 qabrqoʻrgʻondan bittasi qazilgan. Uning ichidan yonma-yon ikkita qabr qoldigʻi topildi. Qabrqoʻrgʻonning shim.gʻarbiy devori orasidan mil. av. 7-a. ga oid uch qirrali jez paykon (oʻq uchi), devorning shim. qismidan esa qoʻlda yasalgan sopol idish boʻlaklari va jez zebziynat buyumlari topildi. Yetimtogʻ II, III qabristonlarida qazish ishlari olib borilmagan.


Lotin alifbosida maqola: YETIMTOGʻ QABRISTONLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
JIZZAX VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты