XUARES

XUARES (Juarez) Benito Pablo (1806.21.3, SanPabloGelatao, Oaxaka — 1872.18.7, Mexiko, Meksika) — davlat va siyosat arbobi, Meksika milliy qahramoni. Kambagʻal indeys oilasida tugʻilgan. Diniy seminariyani (1827-y.) va yuridik maktabni (1833-y.) tugatgan. 1847—52 y. lar Oaxaka shtata ning gubernatori boʻlgan. 1846—48 y. dagi amerikameksika urushi davrida amerikalik interventlarga qarshilik koʻrsatishni tashkil etiщsa katga rol oʻynagan. A. SantaAna diktaturasiga qarshi chiqqanligi uchun mamlakatdan badargʻa qilingan (1853). 1854-y. inkilobi boshlanishi bilanʻMeksikaga kaytib kelgan va liberallar armiyasiga kirgan. X. Alvares inqilobiy hukumatida adliya va kultlar vaziri boʻlgan (1855). 1857-y. konstitutsiyasi mualliflaridan biri. 1858—61 y. da hukumat boshligʻi. 1861 — 72 y. da mamlakat prezidenti. Cherkovning iqtisodiy va siyosiy mavqeini cheklovchi qonunlar chikargan. Angliya — Fransiya—Ispaniya intervensiyasi (1861—67 y., Meksika ekspeditsiyasi) vaktida chet el interventlariga qarshi kurashga rahbarlik qilgan.


Lotin alifbosida maqola: XUARES haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FRANSIYA
MEKSIKA
XITOY
ISPANIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты