YETMAK

YETMAK (Acanthophyllum) — chinniguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar bir necha turlarining umumiy nomi. Oʻzbekistonning adir va togʻ yon bagʻirlarida A.gypsophiloides va A.paniculatum oʻsadi. Boʻyi 50—80 sm, barglari qarama-qarshi, shapaloq, qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va sershox poyasi tuksiz yoki mayda tuk-chalar b-n qoplangan. Gullari mayda, shoxlarining uchida ikkitadan joylashgan. Gulbargi 5 ta, och pushti, changchisi 10 ta, 2 qator joylashgan. Mevasi bir urugʻli. Urugʻi och jigarrang yoki qoʻngʻir, qattiq qobikli. Ildizi burama oʻq ildizdan iborat boʻlib, 2 m dan ortiq chuqurlikka boradi.

Yetmak ildizining tarkibida 10—30% saponin moddasi, shuningdek, aglikonogipsogen, 3 molekula ksiloza va bir molekula glyukuron kislota, galaktoza, ramnoza, furoza va arabinoza kabi moddalar bor. Ildizidan aholi nisholda tayyorlashda koʻpirtiruvchi modda sifatida foydalanib keladi. Yetmak oziq-ovqat, qandolat va vinochilik sanoa-tida, tibbiyotda (balgʻam koʻchiruvchi va organizmni mustahkamlovchi dorilar tayyorlashda) qoʻllaniladi, toʻqimachilik sanoatida gazlamalarni okartirish, ipak va jun gazlamalarni yuvish uchun ham ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: YETMAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
BARG
Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты