XUBER

XUBER Robert (1937.20.2, Myunxen) — nemis biokimyogari. Myunxen texnika universitetini tugatgan (1960). Martinsriddagi (Myunxen yaqinida) M. Planka nomidagi Jamiyatning biokimyo intida ishlaydi (1978-y. dan int direktori). Asosiy ilmiy tadqiqotlari murakkab bioorganik birikmalar, shu jumladan, oqsillarning rentgenostrukturaviy analiziga oid. 1970-y. da immunoglobulinlarning uchlamchi tuzilishini yuqori darajada aniqlashga erishgan. 1982-y. da Y. Dayzenxofer bilan hamkorlikda membranali integral oqsilning uch oʻlchamli tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1988; Y. Deyzenxofer va X. Mixel bilan hamkorlikda).


Lotin alifbosida maqola: XUBER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GERMANIYA
TOSHKENT
BIOKIMYO
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты