YETTI YILLIK MAKTAB

YETTI YILLIK MAKTAB — toʻliqsiz oʻrta maʼlumot bergan 7 yillik umumiy taʼlim maktabi. Oʻzbekistonda 1926/27 oʻquv yilidan ochila boshlagan (bungacha faqat rus maktablari boʻlgan). 1928/29 oʻquv yili Oʻzbekistonda 107 Yetti yillik maktab boʻlib (jumladan 47 rus maktabi) ularda 43 ming oʻquvchi oʻqigan. Bu maktablarni bitirish 1930-y. dan boshlangan. «Boshlangʻich va oʻrta maktab tizimi haqida»gi qaror (1934-y. 15 may) asosida umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich (1—4 sinf), toʻliqsiz oʻrta (1—7 sinf) va oʻrta (1 — 10 sinf) maktab turlariga ajratilgan. Shuningdek, 1934/35 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich 7 y. lik majburiy politexnika taʼlimi ham joriy qilingan. 1934/ 35 oʻquv yilidan yirik shaharlarda, 1937/38 oʻquv yilidan qishloq joylarda amalga oshirilgan. Yetti yillik maktablarni tu-gatganlar umumiy oʻrta maʼlumot olish yoki oʻrta maxsus hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻlganlar. 1958-y. dan 8 y. lik umumiy majburiy taʼlim joriy qilinishi munosabati bilan Yetti yillik maktablar sakkiz yillik maktablarta aylantirilgan.


Lotin alifbosida maqola: YETTI YILLIK MAKTAB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты