YETTI MOʻJIZA

YETTI MOʻJIZA — qad. dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida «Dunyoning yetti moʻjizasi» hisoblangan: 1) Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan qad. misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. 2—3-ming yilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops ehromi (bal. 146,6 m, asosi 233X233 m) ning har biri 2,5 t lik 2300000 blok b-n (baʼzi qismlarida 30 t lik bloklar ham bor) 30 y. mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;

2) «Semiramida osma bogʻlari» — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. 6-a.);

3) Rodos o. dagi Artemida ibodatxonasi (taxm. mil. av. 550-y.);

4) Zevsning Yunonistonning Olimpiya sh. dagi ulkan haykali (taxm. mil. av. 430-y., haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);

5) Rodos o. koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxm. mil. av. 292—280-y., haykaltarosh Xaros misdan ishlagan); 6) Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hoz. Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxm. mil. av. 377 — 352-y.);

7) Iskandariya (Aleksandriya) sh. dagi ulkan mayoq (taxm. mil. av. 280-y., meʼmori Sostrat). Yetti moʻjizadan faqat Misr exromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qad. yozma manbalardangina maʼlum.


Lotin alifbosida maqola: YETTI MOʻJIZA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YUNONISTON
TOSHKENT
MISR
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты