YETTI ERKIN SANʼAT

«YETTI ERKIN SANʼAT» (lot. «septem artes liberates») — oʻrta asrlar maktablarida va un-tlarning «artistik» (tayyorlov) f-tlarida oʻrgatiladigan oʻquv fanlari. 2 bosqich — trivium (grammatika, ritorika, dialektika) va kvadrivium (arifmetika, geom., astronomiya, musiqa)dan iborat boʻlgan. «Yetti erkin sanʼat» antik davrdayoq shakllangan. Oʻrta asrlar davrida dinning hukmronligi ortishi va madaniyatning inqirozi sababli qad. davr olimlari tomonidan ilmning bu sohalariga qoʻshilgan boy mazmun diniy maqsadda foydalaniladigan oddiy maʼlumotlarning cheklangan mikdoridan iborat qilib qoʻyildi. Uygʻonish davrida i. ch. ehtiyojlari ortishi tufayli taʼlimning mazmuni oʻzgardi. «Yetti erkin sanʼat s»ning dunyoviy shakli tiklandi. «Yetti erkin sanʼat s» tizimi oʻrnini asta-sekin mumtoz gimnaziyalar tizimi egalladi.


Lotin alifbosida maqola: YETTI ERKIN SANʼAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



UYGʻONISH DAVRI
FRANSIYA
MUSIQA
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты