XUDBINLIK

XUDBINLIK — uz manfaatini boshqa kishilar manfaatidan yuqori qoʻyish. Salbiy axloqiy sifat deb baholanadi. X. manfaatparastlik va shaxsiyatparastlikni oʻz ichiga oladi. Xudbin odam oʻz manfaati yoʻlida hech kimni, hech bir jamoani, hech qanday jamiyatni tan olmaydi. X. jumardlik (olijanoblik)ning aksi. Xudbinlikni shaxsning oʻziga boʻlgan muhabbati bilan chalkashtirmaslik lozim. Imom Gʻazoliy muhabbatning 5 turi haqida fikr yuritib, insonning oʻziga, oʻzining aʼzolariga, salomatligiga boʻlgan muhabbatini birinchi oʻringa qoʻyadi. Uningcha, bu muhabbat Alloh, otaona, qarindoshurugʻ, dustbirodar, muhtojehtiyojmandlar xizmatida boʻlishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. X. muhabbat hissiga emas, nafsga, hirsga asoslanadi, oʻzini adolatsizlik, insofsizlik, berahmlik kabi illatlarda namoyon etadi. Jumardlik hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi, lekin insonning oʻziga boʻlgan muhabbati, boshqalarda ham oʻziga shunday muhabbat borligini inkor etmaslik kerak, bu qoida buzilgan joydan X. boshlanadi.

X. avvalo oʻzini oʻzi sakdashning tabiiy instinkti sifatida paydo boʻlganligini eʼtirof etish lozim.


Lotin alifbosida maqola: XUDBINLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FOROBIY
ALISHER NAVOIY
YER
IBN SINO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты