XUDO

XUDO — diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan ilohiy kuch; azaliylik va abadiylik, yaratuvchilik timsoli. Har bir dinda X. butun olamni yaratuvchi sifatida eʼtirof etiladi. X. turli taʼlimotlarda turlicha talqin qilinadi. Qad. diniy eʼtiqodlarda Xudo larga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga, jon va ruhga, hayvon va usimliklarga topinilgan (q. Animizm, Fetishizm, Totemizm). Sharqda keng tarqalgan panteistik qarashlarda (q. Panteizm) X. tabiatning oʻzida, X. va tabiat bir butunlikni tashkil etadi deb qaralgan. Zardushtiylikda ikki X. — yorugʻlik, yaxshilik Xudosi Ahuramazda va qorongʻulik, yomonlik X. si Anxramaynu (Axriman) bir-biriga qaramaqarshi qoʻyilgan. Qad. Sharq dinlarida va b. politeistik (q. Politeizm) dinlarda juda koʻp Xudo larga eʼtiqod kilinib, ulardan biri bosh X., qolganlari ikkinchi darajali Xudolar hisoblangan. Bunga yunon mifologiyasidagi Xudolar iyerarxiyasi misol boʻla oladi. Monoteistik dinlarda (q. Monoteizm) bitta Xudoga sigʻinilgan. Buddizma^ dastlab Xudo larga sigʻinish inkor etilgan boʻlsada, keyinchalik Buddanint oʻzi X. deb tanilgan, bu dinda u bilan birga boshqa Xudolar ham bor. Hinduiylikdya asosiy Xudolar — Vishnu va Shiva. Iudaizmdagi X. — Yahva dastlab qabila X. si va mahalliy X. boʻlgan, qad. yahudiilarning birlashishi va Yahudiy podsholiginij tashkil etilishi bilan hamma yahudiylarning Xudo siga, keyinchalik esa qudratli, yagona Xudoga aylangan. Xristianlikda X. mohiyatan yagona, lekin 3 qiyofada (otaxudo, oʻgʻilxudo, muqaddas ruhxudo) namoyon boʻladi. Islom dinida yagona va qudratli X. — Allohta eʼtiqod qilinadi. Unga eʼtiqod qilish bu dinning asosiy aqidasi. Xudoga eʼtiqod qilish, Xudodan qoʻrqish har qanday dinga xos.


Lotin alifbosida maqola: XUDO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ISLOM
YUNONISTON
TOSHKENT
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты