YETTISOY BOTIGʻI

YETTISOY BOTIGʻI — Mirzachoʻldagi botiq. Guliston va Yangiyer sh. lari oraligʻidagi t. y. dan 10—12 km sharq (Darvozaqum)dan boshlanib, jan.-sharkdan shim.-gʻarbga yoʻnalgan. Mirzachoʻlning markazidagi Sardoba botigʻiga borib tutashadi. Ikkala botiq oʻrtasida Katta Shuybek suvayirgʻichi mavjud. Uz. 45 km, eng kengjoyi 10—13 km. Yettisoy botigʻi oʻzansimon berk botiq boʻlib, shim.-sharqda Sirdaryoning allyuvial, jan. da Turkiston tizma togʻlaridan oqib keluvchi soy va kichik daryolarning allyuvi-al-prolyuvial yotqiziqlarining toʻplanishidan vujudga kelgan. Tubida doʻngliklar, marzalar (bal. 2—5 m) va pastqamliklar (chuq. 1—5 m) mavjud. Yettisoy botigʻi 30 m qalinlikkacha asosan qumloq va qumoq yotqiziqlardan tashkil topgan. Tuprogʻi asosan, qatqaloq va poʻrsildoq shoʻrxoklardan iborat, balandroq doʻng va marzalarda shoʻrtob och boʻz tuproq, pastqamliklarda botqoqli shoʻrxoklar uchraydi. Yettisoy botigʻiga jan. dan va shim. dan sugʻoriladigan yerlardan grunt suvlarining oqimi yoʻnalgan. Relyefning oʻydim-chuqurligi va shoʻrxoklarning keng tarqalganligi tufayli Yettisoy botigʻining yerlari sugʻorish uchun yaroqsiz.


Lotin alifbosida maqola: YETTISOY BOTIGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
TOSHKENT
XITOY
MIRZACHOʻL
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты