YETTISUV

YETTISUV (qozoqcha Jetisu) — Qozogʻistonning jan.-sharqiy qismi. Shim. da Balxash koʻli, shim.-sharqda Sassiqkoʻl va Olakoʻl, jan.-sharqda Jungʻariya Olatovi tizmasi, jan. da Shim. Tyanshan tizma togʻlari hamda gʻarbda ChuIli togʻlari bilan chegaralangan. Yettisuv atamasi Balxash koʻliga quyiladigan 7 daryo (Ili, Qoratol, Biyon, Oqsuv, Lepsa, Baskon, Sarqand)dan olingan. Yettisuvning shim.gʻarbiy va shim. tekislik qismi Tovqum, Sarieshikoʻtrov, Luqqum, Yomonqum kabi qumli va qisman shoʻrxok choʻllardan iborat. Shuvoq-shoʻra, saksovulzor va butazorlar, daryo boʻylarida toʻqaylar, jan.sharqida 2000 m gacha balandlikda bargli oʻrmonlar, yuqorirokda qaragʻayzor va alp hamda subalp oʻtloqlari bor.

Tarixiy manbalarda Yettisuv deganda ancha katta hudud (Chu daryosi vodiysi bilan birga) tushunilgan. Yettisuv — Markaziy Osiyo madaniyatining qad. markazlaridan biri. Yettisuvda saklar, keyinchalik usunlar yashagan. Mil. 6-a. oxirlarida Yettisuvda Gʻarbiy Turk xoqonligi, keyinchalik turkashlar (8-a. ning oʻrtalarigacha) va qarluqlar (766 — 940) hukmronlik qilishgan. Yettisuvni 10-a. ning oʻrtalaridan Qoraxoniylar, 12-a. ning 30-y. laridan Qoraxitoylar boshqargan. Moʻgʻullar bosqinchiligi davri (1219—21)da Yettisuvning dehqonchilik vohalari va shaharlari qattiqzarar koʻrgan. 16-a. da Yettisuvda qozoqlarning Katta juzi tashkil topgan. 19-a. ning oʻrtalarida Rossiya tomonidan bosib olingan.


Lotin alifbosida maqola: YETTISUV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QOZOGʻISTON
OSIYO
XITOY
TOSHKENT
TYANOʻPAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты