YETTIURUGʻ

YETTIURUGʻ — oʻzbek qipchoqlar tarkibidagi yirik urugʻlar guruhi. Asosan, Zarafshon daryosining oʻrta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Yettiurugʻ qozoq va qirgʻizlar tarkibida ham bor. Ye. oytamgʻali, qoʻshtamgʻali, sirgʻali, qamchili, juvonli, samanotli, choʻmichli urugʻlaridan iborat boʻlgan. Yettiurugʻ tarkibidagi bu urugʻ nomlari oʻzbeklarning boshqa yirik qabilalari tarkibida ham uchraydi. Mac, oytamgʻali qoʻngʻirot, doʻrmon, quramada; qoʻshtamgʻali-nayman, yuz, Surxondaryo viloyatida yashovchi chagʻatoy va b. qabilalarda. Yettiurugʻ oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: YETTIURUGʻ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
NAYMAN
OʻZBEKLAR
QOZOGʻISTON
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты