XUDOYORXON OʻRDASI

XUDOYORXON OʻRDASI — Qoʻqondagi meʼmoriy yodgorlik (19-a. 2-yarmi); Qoʻqon xoni Xudoyorxon qurdirgan. Meʼmor va muhandis Mir Ubaydulla loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan; ustalardan Mulla Suyarqul, Solixoʻja va buxorolik usta Fozilxoʻjalar qatnashgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla mahorat bilan bajargan. Xudoyorxon oʻrdasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (68×143 m) boʻlib, sunʼiy tepalikka baland gʻishtin poydevorli qilib qurilgan: xon qarorgohi, oʻrda ahli yashaydigan hamda turli maqsadlarda foydalaniladigan 100 ga yaqin kattakichik xonalar, ichkitashqi hovlilardan iborat boʻlgan. Birinchi hovlida ayvon, koʻrinishxona, xazinaxona, alohida saxdli masjnd, markazda xon qarorgohi (shohnishin), salomxona, xoʻjalik binolari, ikkinchi hovlini uning sahni bilan bogʻlangan haram va xos xonalar egallagan; haramxonalari bezaklari odmi boʻlib, asosan, quyma ganch ishlatilgan, haramxonalariga ayvonchaga oʻxshash oʻtish joylari (yoʻlaklar) orqali kirilgan.

Xudoyorxon oʻrdasining asosiy sharqiy tomonini tashkil etuvchi peshtoqgumbazli darvozaxona hamda uning ikki qanotida joylashgan xonalargina saqlangan, qolgan qismi buzilib ketgan. Bosh tarzi bir qavatli qilib bunyod etilgan, pishiq gʻishtdan (26x26x5 sm) ganch suvoqda terilgan devorlarga bir gʻisht chuqurligida ravoqlar ishlangan. Peshtoq oʻrda devoridan birmuncha boʻrttirib oldinga chiqarib qurilgan, baland va hashamatli, peshtoqning ikki yoni va tarzlarining ikki burchaklarida gumbazli mezanalar bilan yakunlangan guldastalar bor. Peshtoqqa uz. 40 m boʻlgan qiya yoʻlka (pandus) orqali oʻtiladi. Xudoyorxon oʻrdasi bosh tarzi ravoqdari, peshtoq va guldastalaridagi handasiy naqshlar koshinlar, sirkori parchinlardan mahorat bilan yaratilgan. Peshtoq orqali toʻrtburchak tarhli darvozaxonaga oʻtiladi, darvozaxona gumbazi oʻzaro kesishgan ravoqli asos ustiga qoʻyilgan; gumbaz usti, oʻz navbatida, qubbali mezana bilan yakunlangan, undagi panjarali darchalar orqali ichkariga yorugʻlik tushadi. Oʻrdaning bosh tarzi, xonalar koshinlar, oʻyma ganchkori naqshlar bilan bezatilgan, shiftlari hovuzakli boʻlib, ularga gullar solingan, xonalarning tepa qismi sharafalar bilan hoshiyalangan, ayrim xonalarning poliga parket terilgan, ayvonlar sahniga marmar yotqizilgan, devorlariga ravoqlar ishlanib, naqshlar bilan ziynatlangan.

1938-y. X. oʻ. da meʼmor Obid Zayniddinov boshchiligida taʼmirlash loyihasi ishlari olib borildi; taʼmirlashda usta Q. Xaydarov, naqqosh S. Norqoʻziyev va b. ustalar qatnashdi. 1974-y. dagi ilmiy taʼmirlash va loyihalash ishlari (meʼmori N. Akromxoʻjayev, E. Nurullayev va b.) natijasida saroyning dastlabki holati aniqdandi.

1924-y. da Xudoyorxon oʻrdasida Q. x. yutuqlari koʻrgazmasi ochilgan, 1925-y. dan Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatib kelmoqda.


Lotin alifbosida maqola: XUDOYORXON OʻRDASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QOʻQON XONLIGI
XALQ IJODI
YER
ABDULLA QODIRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты