YEFREMOV Filipp Sergeyevich

YEFREMOV Filipp Sergeyevich (1750, Vyatka — 1811-y. dan soʻng vafot etgan) — rus sayyohi, Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston boʻylab sayohat qilgan. Orenburg chegara r-nida xizmat qilayotganida (1774) qozoqlar asirga olib, Buxoroga keltirilgan. U Buxoro otaligʻi Doniyolbiy qoʻlida xizmat qilgan. Keyinchalik oʻnboshi, ellikboshi, yuzboshi qilib tayinlangan. Otaliqning Samarqand, Xiva va Eron yurishlarida qatnashgan. Keyinroq Qoʻqon xonligiga qochib oʻtgan. U yerdan Qashqar, Tibet, Kashmir orqali Hindistonga borgan. Inglizlar kemasida Kalkuttadan Afrika jan. orqali Angliyaga, u yerdan 1782-y. da SanktPeterburgga qaytib borgan. Keyinchalik Kavkaz, Ukraina va Gʻarbiy Sibirdagi bojxonalarda ishlagan. Ye. Oʻrta Osiyo, Tibet va Hindiston mamlakatlarining siyosiy tuzumi, tabiati, harbiy qudrati, aholisi, urf-odatlari va hayotiga oid sayohatnoma yozib [«Toʻqqiz yillik sayohat (1774—1782)»] 1786-y. Peterburgda nashr ettirdi. Unda koʻplab fors va oʻzbek soʻzlariga izoh bergan.

As: Devyatiletneye stranstvovaniye, 5 izd. [pod. red. E. Murzayeva], M., 1952.

Ad.: Hasanov H., Xofizi Abru, Xaydar Mirza, Filipp Yefremov, T., 1964.


Lotin alifbosida maqola: YEFREMOV Filipp Sergeyevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
ERON
TOSHKENT
UKRAINA
QOʻQON XONLIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты