YEFREMOVA Klavdiya Grigoryevna

YEFREMOVA Klavdiya Grigoryevna (1916.7.11, Perovsk, hoz. Qiziloʻrda — 2000.12.7, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Qirgʻizistonda xizmat koʻrsatgan artist (1943). 1936 — 41 y. larda Kirgʻiziston yosh tomoshabinlar teatrida, 1941—43 y. larda Prjevalsk teatrida, 1943—47 va 1951—52 y. larda Frunze (hoz. Bishkek) drama teatrida, 1952—2000-y. lar Oʻzbekiston akademik rus drama teatrida aktrisa. Lirik-dramatik rollar ijrochisi. Obrazlari taʼsirchan, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Marta («Baliqchining oʻgʻli»), Lyusya, Tanya, Valya («Sargardonlik yillari», «Tanya», «Irkutsk voqeasi»), Xolisxon («Paranji sirlari»), Chjou Fan-i («Tayfun»), Alina («Qashshoq qalb egasi»), Kolsova («Favqulodda elchi»), Eleyn Bendshal («Qonli sarob»), Mariya («Mariya»), Matitsa («Uchovlon») va b.


Lotin alifbosida maqola: YEFREMOVA Klavdiya Grigoryevna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
QIRGʻIZISTON
ZOKIROVLAR
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты