YEXIDNALAR

YEXIDNALAR (Tachyglossidae) — tuxum qoʻyib koʻpayuvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Kalta tum-shuq vauzun tumshuq Yexidnalar urugʻiga boʻlinadi. Birinchi urugʻning 2, ikkinchisining esa 3 turi bor. Ular orasida Avstraliya kalta tumshuq yexidnasi ancha keng tarqalgan. Tanasi katta, uz. 50 sm gacha, usti uchli ninalar bilan qoplangan. Oyoklari kalta va yoʻgʻon, tirnoqlari baquvvat, yer kovlashga moslashgan. Dumi juda kalta. Jagʻi muguz tumshuqqa aylangan, tili uzun, chuvalchangsimon, tishi yoʻq. Urgʻochisida haqiqiy bachadon boʻlmaydi. 2 ta tuxumdonining tuxum yoʻllari kloakaga ochiladi, odatda bitta tuxum qoʻyadi, bola ochib chiqqunigacha tuxumini qorin xaltachasida olib yuradi. Sharqiy Avstraliya, Yangi Gvineya va Tasmaniyada yashaydi. Yexidnalar chumolilar, termitlar, chuvalchanglar va b. bilan oziqlanadi. Tunda xayot kechiradi.


Lotin alifbosida maqola: YEXIDNALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты