XUDOYDOD

XUDOYDOD, Xudododi Husayniy, Xudoydod Bahodir (? — 1409/1410) — Amir Temur sarkardalaridan biri. Seyiston (1382—83), Mozandaron (1384), Toʻxtamishxonga qarshi yurishlarda (1389—95) faol qatnashgan, qoʻshinning chap qanotiga tayin etilgan. Xalil Suyagponta otabeklik qilgan, keyinchalik u bilan nizolashib qolgan. Sohibqiron vafotidan keyin yuz bergan barcha voqealarda muhim rol oʻynagan. Xoʻjand va Fargʻona oʻsha vaqtda uning hukmronligi ostida boʻlgan.

Sohibqironning Xitoyga yurishi chogʻida Xalil Sulton bosh boʻlgan qoʻshinning soʻl qanotida oʻgʻruqqa rahbarlik qilgan. Sohibqiron vafotidan soʻng oʻgʻruq bilan Xalil Sultondan ajralib chiqib, AchchiqParkentga ketgan va Sirdaryo ortida isyon koʻtargan. X. moʻgʻullar bilan sulh tuzib Sohibqiron egallagan barcha yerlarni ularga qaytarib bergan. X. Jizzaxga chopqun qilib, Amir Temurning ot uyurlarini haydab ketgan.

1407-y. Xalil Sulton X. ga qarshi yurish qilgan. Xoʻjand va Shohruxiya unga jangsiz taslim boʻlgan. Toshkent uzoq qamaldan soʻng taslim etilgan. Toshkentdan shim. dagi Sharobxona mavzeida Xalil Sulton qoʻshiniga X. va Shayx Nuriddinlar qoʻqqisdan tungi hujum — shabixun uyushtirganlar. Xalil Sulton katta talafot bilan Samarqandga chekingan. 1409-y. Shohrux Movarounnahrga qoʻshin tortganidan foydalangan X. Uratepani egallab olgan. Xalil Sulton unga qarshi oz sonli qoʻshin (4 ming kishi) bilan otlangan, biroq Samarqand yaqinidagi Sultoniya (yoxud Sheroz)da X. unga katta qoʻshin bilan qoʻqqisdan hujum qilib, uni asir olgan (1409-y., 30 mart) va Samarqandni egallagan. Shohrux unga qarshi 7 apr. da qoʻshin tortib, Xudoydodni koʻp marotaba oʻz ixtiyori bilan tobe boʻlishga daʼvat etgan. X. unga raqibi Shayx Nuriddinni qoʻloyogʻi bogʻlangan holda joʻnatishlarini talab etgan. Shohrux buni rad etib, Sirdaryoga qoʻshin tortgan. X. moʻgʻullar tomonidan qatl etilgan.

Ad.: Nizomiddin Shomiy , Zafarnoma, T., 1996: Bartold VV., Sochineniya, t.2, chast 2, M., 1964.


Lotin alifbosida maqola: XUDOYDOD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
XITOY
MOʻGʻULLAR ISTILOSI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты