YESHCHANOV Tursunboy Boyjanovich

YESHCHANOV Tursunboy Boyjanovich (1940.5.5, Kegayli tumani) — terapevt, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi (1994). Tibbiyot fanlari d-ri (1984). SamTIni tugatgan (1965). Oʻzbekiston dermatologiya va venerologiya i. t. instituti Qoraqalpogʻiston filiali (1972— 85), Qoraqalpogʻiston Klinik va eksperimental tibbiyot i. t. instituti direktori (1987—90; 1998-y. dan), Koraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri (1990 — 97), 1997-y. dan Oʻzbekiston FA vitse prezidenta, akademiyaning Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi, Qoraqalpogʻiston davlat un-ti farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Yeshchanovning ilmiy asarlari allergik kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va davosiga bagʻishlangan.


Lotin alifbosida maqola: YESHCHANOV Tursunboy Boyjanovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TIBBIYOT
QORAQALPOGʻISTON
SOGʻLIQNI SAQLASH
DERMATOLOGIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты