XULM

XULM — oʻrta asrlarda Toxaristonta tobe boʻlgan qad. shahar. Balxning sharkiy tarafida, Amudaryodan 6 farsax narida, Hindukush togʻidan oqib keladigan X. soyi boʻyida joylashgan. Uning xarobalari Toshqoʻrgʻon sh. (Shim. Afgʻoniston)ning shim. gʻarbiy tarafida boʻlgan. 7-a. da xitoy sayyoxi Syuan Szan Toxaristondagi Xulin yoki Xuyenmo mulkini qayd etib oʻtgan. U yerda 10 ta budda monastiri va 500 ga yaqin rohib boʻlgan. X. shahri 706-y. arablar tomonidan bosib olinib, vayron etilgan, lekin tez orada qayta tiklangan. 737-y. X. da arablarning qoʻrikchilari joylashgan. 9-a. da shaharda jome masjidi boʻlgan; arablarning azdiy, bakr, tamim va qays qabilalari yashagan. 10-a. da X. kichik shahar boʻlsada, koʻplab qishloklari va ekinzorlari boʻlgan keng rustoqqa ega edi. Mahmud ibn Valinyang yozishicha, Xulmning havosi toza boʻlib, ertayu kech tinmaydigan shamol esgan, uni «X. shamoli» deb atashgan. 10-a. da X. daryosidan shahar atrofini sugʻorish uchun kanallar chiqarilgan. 15-a. da temuriylar davrida Xulmning pul zarb etiladigan oʻz zarbxonasi boʻlgan. 17-a. da X. Balx viloyatining eng asosiy shaharlaridan hisoblangan. 18-a. da Xulmning jan. sharqida Toshqoʻrgʻon sh. ga asos solingan, u Hindistondan Buxoroga keladigan savdo yoʻlida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Keyinchalik X. astasekin tanazzulga uchrab, 19-a. ning 2-yarmida tashlandiq holga kelgan.

Ad.: Kamaliddinov Sh. S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.


Lotin alifbosida maqola: XULM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
AMIR TEMUR
XITOY
Temur davlatining tashkil topishi va Temurning harbiy yurishlari
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты