XUMBOSH BALIQLAR

XUMBOSH BALIQLAR (Hypophalmichthynae) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baliqlari kenja oilasi. Uz. 1 m gacha, vazni 20— 35 kg. Jabra pardalari baʼzan oʻzaro qoʻshilib oʻsib, toʻr hosil kiladi. Peshonasi nisbatan baland (nomi shundan). 2 turi maʼlum. Sharqiy va Jan. Sharkiy Osiyo daryolarida yashaydi. 5—7 yilda jinsiy voyaga yetadi. Yozda suv toshganida 490—560 ming uvildiriq tashlaydi. Yosh baliqlar dastlab zooplankton, keyinroq fitoplankton bilan (oq Xumbosh baliqlar) yoki aralash oziqlanishga oʻtadi (chinor X. b.) X. b. koʻpchilik mamlakatlarda iqlimlashtirilgan. Amur, yaʼni oq Xumbosh baliqlar Oʻzbekiston suv havzalarida ham iqlimlashtirilgan. Xumbosh baliqlar ov obyekti, hovuzlarda ham boqiladi.


Lotin alifbosida maqola: XUMBOSH BALIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OSIYO
XITOY
BALIQLAR
YER


Добавить комментарий