YOVVOYI NASHA

YOVVOYI NASHA (Cannabis ruderalis Janisch.) — tutdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tik usadi, qobirgʻali, sershox, boʻyi 60—150 sm. Asosidagi barglari qaramaqarshi, yuqoridagilari ketmaket joylashgan, barmoqsimon kesikli. Erkak gullari yuqori shodalarida, urgʻochi gullari yuqoridagi barg qoʻltiqlarida joylashadi. Mevasi yongʻoqcha, iyun—sent. da gullab mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 2000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻlari mayda, 2—3° trada unib chiqadi. Nihollari apr. da koʻkaradi. Yevropa, Osiyo, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda tapqalgan. Sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi. Shuningdek, yoʻl yoqalari, dala uvatlari, bogʻlar, tashlandiq yerlarda uchraydi. Oʻrilgandan keyin tez usadi. Koʻpgina zararkunandalarga makon.

Kurash choralari: chuqur kuzgi shudgor; ekishgacha tuproqqa ishlov berish.


Lotin alifbosida maqola: YOVVOYI NASHA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BEGONA OʻTLAR
OSIYO
Shaxriyor - Tashlandiq
NASHA


Добавить комментарий