XUMKALLA QOʻNGʻIZLAR

XUMKALLA QOʻNGʻIZLAR, yer kavlagich qoʻngʻizlar (Lethrus apterus) — plastinka moʻylovlilar oilasiga mansub qoʻngʻizlar. X. q. tanasi qisqa va yoʻgʻon (8— 18 mm); boshi va oldkoʻkrak yirik, qorni va koʻkragining keyingi ikki segmenta nomutanosib tarzda kichik (nomi shundan). Ustqanot chokidan qoʻshilib oʻsgan, qanoti yoʻq. Yuqori jagʻlar, ayniqsa, erkagida kuchli rivojlangan boʻlib, turtib chiqqan. Qoʻngʻizlari qishlaydi. Erta bahorda (apr.) qoʻriq, tashlandiq, partov va b. yerlarda shoxobchali uzun in yasaydi. Urgʻochisi shu in tarmoqchalari chetiga chuqurchalar yasab, bittadan tuxum qoʻyadi, ustini lichinkalar oziqlanishi uchun oʻsimlik poyasi, bargi, shoxchalar bilan yopadi. Urgʻochisi hammasi boʻlib 8—11 ta tuxum qoʻygach, in yoʻllarini tuproq bilan bekitib qoʻyadi. Xumkalla qoʻngʻizlar Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Qoʻngʻizi lalmi yerlar hamda choʻlga yondosh dalalardagi, ayniqsa, yangi oʻzlashtirilgan joylardagi ekinlarga katta zarar yetkazadi. Xumkalla qoʻngʻizlar turli ekinlarni, koʻproq bugʻdoy, arpani, shuningdek, qisman beda va gʻoʻzani shikastlaydi. Kurash choralari: X. q. koʻpayishi uchun qulay qoʻriq va partov yerlarni oʻzlashtirish; himoya yoki tutqich ariqchalar qazish. Ekin dalalari cheti hamda unga yondosh yerlardagi oʻsimliklarga xlorofosning 80%li texnik eritmasini va hoʻllanuvchi kukunini (0,75—2 kg/ga) sepish.


Lotin alifbosida maqola: XUMKALLA QOʻNGʻIZLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты