YOVVOYI TABIATNING UMUMJAHON FONDI

YOVVOYI TABIATNING UMUMJAHON FONDI — yovvoyi hayvonlar va tabiiy jamoalarni muhofaza qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlatlar, tashkilotlar va xususiy shaxslardan mablagʻ yigʻish maqsadida tuzilgan nodavlat tashkilot. 1961-y. da taʼsis etilgan. YUNESKO, FAO Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkiloti va b. tashkilotlar b-n hamkorlikda ishlaydi. Tashkilot har xil tashkiliy ishlar (asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda) — noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar turlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy ekspeditsiyalar va muhofaza qilishga moʻljallangan yangi joylar tashkil etish maqsadida yerni ijaraga olish, milliy bogʻlar, qoʻriqxonalar va b. uchun transport, aloqa vositalari va b. ni sotib olish bilan shugʻullanadi. Jumladan fondning mablagʻi va bevosita koʻmagi b-n Koto-Donyan milliy bogʻidagi (Ispaniya) eng soʻnggi qironqora burgutlar saqlab qolindi. Fond dengiz qoʻriqxonalarini tashkil etish, ulardagi ekosistemalar va ayrim turlarni oʻrganishga koʻmaklashadi. Fond «World Wildlite» («Dunyo yovvoyi hayvonlari») yillik jurnali va VVF — yangiliklar (WWT—news) gaz. ni nashr qiladi; kitoblar, plakatlar chop etadi. Dunyo tabiatini muhofaza qilish bilan shugʻullanadigan shaxslarni ragʻbatlantirish maqsadida oltin medal taʼsis etilgan. Fond shtabkvartirasi Glan sh. (Shveysariya) da, 30 dan ortiq mamlakatlarda uning boʻlimlari bor.


Lotin alifbosida maqola: YOVVOYI TABIATNING UMUMJAHON FONDI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TABIATNI MUHOFAZA QILISH
FRANSIYA
TOSHKENT
ISPANIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты