XUMULIY

XUMULIY, Jumaquli ibn Soʻfiy Tagʻoyi turk Urgutiy Samarqandiy (19a.) — shoir va yozuvchi. Buxoro amiri Nasrullo (1827—60) davrida Urgutda qozilik qilgan. Oʻzbek va tojik tillarida nasr va nazmda ijod etgan, tarixiy asarlar ham yozgan. Zamondosh olim va shoirlarning tarjimayi holini yozib qoldirgan. Xumuliyning «Tarixi Xumuliy», «Manzumoti tarixiy», «Shoh va gado», «Devoni Xumuliy», «Shayx Musoxon adDahbidiyning tarjimayi holi» kabi asarlari bor. «Tarixi Xumuliy»da baʼzi bir darvesh shayxlarning tarjimayi holidan va mangʻitlar sulolasi tarixidan maʼlumotlar keltirilgan. «Manzumoti tarixiy» asarida esa 1870-y. sodir boʻlgan tarixiy voqealar sheʼr bilan bayon qilinadi.


Lotin alifbosida maqola: XUMULIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
IBN SINO
BUXORO VILOYATI
BERUNIY
BUXORO XONLIGI


Добавить комментарий