XUN

XUN (fors. — qon) — qonli oʻch, qarindoshurugʻning hayoti, nomusori, shaʼni va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo boʻlgan. Baʼzi urugʻlarda fatsat qotilni oʻldirish bilan X. olinsa, ayrim hollarda uning urugʻiga tegishli biror yaqin qarindoshini mahv qilish bilan kifoyalangan. Davlat barpo boʻlgan yangi jamoada bu odatga bir oz chek qoʻyilgan. Qasoskorlar bilan javobgarlar doirasi birmuncha qisqartirilgan, keltirilgan zarar miqsori, qasos olingan obyektning jinsi, yoshi, jamiyatda tutgan oʻrni eʼtiborga olingan. Keyinchalik X. olish yetkazilgan zararni modsiy toʻlov bilan qoplash tizimi bilan ham almasha boshlagan.

Etnografik tadqiqotlarga koʻra, 19-a. ning oxiri — 20-a. ning boshlarida hoz. Oʻzbekiston hududida urugʻchilik qoldigʻi boʻlmish qon uchun tovon — X. olish odati saqlanib kelgan. Qotil «xundor» deb atalgan. Marhumning qarindoshlari «xun soʻrovchilar», «oʻch oluvchilar» hisoblangan. Qotillik sodir boʻlgach, jabrlanuvchi tomon mahalliy hukumat — qozilarga murojaat qilgan. Qozi tomonlarning oʻzaro munosabatlarini shariat asosida aniqlagan. Qasddan oʻddirilgan yaqin qarindosh uchun X. olishga shariat ijozat bergan («qonga qon — jonga jon»). X. faqat haqiqiy qotildan olingan. Shuningdek, shariat qotillik va mayib qilganlik uchun X. oʻrniga keltirilgan zararni qoplash maqsadida uni moddiy mablagʻ bilan almashtirishga imkon bergan. Mac, oʻldirilgan odamning qoni uchun tovon puli toʻlangan.

Tovon hajmi marhumning mehnat qobiliyati, jamoadagi oʻrniga bogʻliq boʻlgan. Mas, katta yoshli erkakning Xuni ayol Xun idan va ayol Xuni qiznikidan qimmatroq boʻlgan. Mabodo marhumning oilasi boquvchisiz qolsa, qotil butun umri davomida yordam berishi shart boʻlgan. Ayrim xalqlarda katta tovonlar toʻlash uchun qarindoshurugʻlardan mablagʻ toʻplangan. Tovon toʻlab boʻlingach, tomonlar yarashishgan va ular oʻrtasida oʻzaro munosabatlar davom ettirilgan. Jahondagi koʻp mamlakatlarda hoz. X. olish taqiqlangan.

Ad.: Boʻriyev O. vab., Oʻzbek oilasi tarixidan, T., 1995.


Lotin alifbosida maqola: XUN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
IBTIDOIY JAMIYAT
YER
XITOY
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты