XUNAN

XUNAN — Xitoyning markaziy qismidagi provinsiya. Yanszi daryosi oʻrta oqimi va Duntinxu koʻli havzasida. Mayd. 210 ming km2. Aholisi 65 mln. kishi (1999). Maʼmuriy markazi — Chansha sh.

Yer yuzasi gʻarbiy va jan. kismida togʻlar, markazi va shim. da tekisliklardan iborat. Iqlimi subtropik, mussonli iklim. Yillik yogʻin 1100—2000 mm. Iktisodiyotining yetakchi tarmogʻi — q. x., xususan, dehkrnchilik. Asosiy ekini — sholi. Bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, batat, rami, raps, yer yongʻoq, kunjut, tamaki, jut ekiladi. Choy va tung daraxti oʻstiriladi. Bogʻdorchilik, xususan, sitrus mevalar yetishtirish rivojlangan. Yogʻoch tayyorlanadi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Daryolardan va Duntinxu koʻlidan baliq ovlanadi. Xunanda surma, qoʻrgʻoshin, rux rudalari, volfram, marganes qazib chiqariladi. Syantanda elektrovoz, elektrotexnika uskunalari, stanoklar, Xanyanda kon uskunalari ishlab chiqariladi. Oziqovqat, qogʻoz, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan. Yanszi daryosi va Duntinxu koʻlida kema qatnaydi. Yirik shaharlari: Chansha, Syantan, Chjuchjou va b.

X. hududida qadimda man qabilalari yashagan. 4-a. dan xitoylar koʻchib kela boshlagan. 1937—45 y. larda X. hududining katta qismi yaponlar qoʻl ostida boʻldi.


Lotin alifbosida maqola: XUNAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты