XUNUKLIK

XUNUKLIK — estetika tushunchasi. Inson goʻzalligi, shaʼni, qadrqimmati va ideal tasavvurlarga xilof keladigan xususiyat, narsa va hodisani ifodalaydi. Goʻzamiknint aksi. X. kishida turli xil salbiy histuygʻu, noxush kayfiyat, taassuf va nafrat qoʻzgʻatadi, yoqimsiz taassurot qoddiradi. X. — oʻzida nuqsonni ifodalaydi. U — insonning intellektual va iroda kuchiga boʻysunishi mumkin boʻlgan, shaxs, jamiyat uchun toʻgʻridantoʻgʻri xavf tugʻdirmaydigan, kelajakda insoniy imkoniyatlar doirasida shaklan yoki mazmunan ijobiy oʻzgarish kasb eta oladigan muvaqqat xususiyat. Shu nuqtayi nazardan goʻzallik bilan uzviy boglik. Kdd. xitoy donishmandlari Xunuklikning ham oʻziga xos ahamiyati borligini taʼkidlab, odamlar X. orqali goʻzallik nimaligini anglab yetadilar, degan fikrni bildiradilar (Lao Szi). Yunon mutafakkirlari goʻzallikning Xunuklikka oʻtib turishi mumkinligini aytadilar, bu fikrni yosh, goʻzal yigitning keyinchalik kasal qariyaga aylanishi bilan izohlaydilar (Aristotel). Shu maʼnoda Xunuklikni qadrning qadrsizlanishi tarzida talqin qilish mumkin. X. sanʼat asariga koʻchganida, sanʼatkor mahorati va sanʼat qonuniyatlari vositasida oʻzining obyektdagi jirkantiruvchi jihatlarini yoʻqotadi, goʻzallikka aylanadi, ayni paytda, mazkur obyektga boʻlgan insondagi salbiy munosabat ongida saqlanib qolaveradi. Bu holat badiiy asarni idrok etuvchi kishining axloqiyestetik tarbiyasiga taʼsir koʻrsatadi.


Lotin alifbosida maqola: XUNUKLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ESTETIKA
GOʻZALLIK
XITOY
YUNONISTON
ARISTOTEL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты