YOVMUT OTI

YOVMUT OTI — salt miniladigan jaydari ot zotlaridan biri. Turkmanlarning yovmut qabilasi yetishtirgan. Bu zotning kelib chiqishida arab, moʻgʻul, qozoqi va axaltaka ot zotlarining ham taʼsiri boʻlgan. Shu ot zotlariga xos belgilar Yovmut oti otlarida sak,lanib krlgan. Yovmut oti quruq issiq ik/shmga moslashgani, nihoyatda chopqirligi bilan ajralib turadi. Aravaga qoʻshib ham ishlatiladi. Yovmut otining peshonasi keng, oʻrta boʻyli, boʻyni uzun, koʻpincha yoʻgʻon. Yovmut oti, asosan, kulrang, toʻriq, jiyron yoki qoracha boʻladi. Yovmut oti aygʻirlarining qarchigʻayigacha bal. 152,4 sm, koʻkrak qafasi aylanasi 163,6 sm, gavdasining uz. 151,2 Yovmut ot zoti. sm, pochchasining aylanasi 18,5 sm, biyalarining qarchigʻayigacha bal. 148,0 sm, gavdasining uz. 149,0 sm, koʻkrak qafasining aylanasi 164,0 sm, pochchasining aylanasi 17,9 sm. Asosan Turkmaniston, Eronda boqiladi. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonda ham uchraydi.


Lotin alifbosida maqola: YOVMUT OTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AXALTAKA OT ZOTI
XORAZM VILOYATI
QORABAYIR OT ZOTI
ERON
TURKMANISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты