YOVSHAN

YOVSHAN, oq joʻsan (Artemisia diffusa N. Krasch) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub sershox oʻt yoki chala buta. Boʻyi 25—45 sm, qalin tuklar b-n qoplangan. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Toʻpguli roʻvaksimon savatcha. Gullari mayda, sariq, ikki jinsli. Choʻllarda, baʼzan adirlarda oʻsadi. Fev. ning 2yarmidan barg chiqaradi, iyul va avg. da oʻsishdan toʻxtab, barglari toʻkiladi. Sent. da yana koʻkarib gullaydi, noyab. da urugʻi pishadi va sovuq urguncha yashil barglari saqlanib turadi. Oʻtloqlarda asosiy oziqbop oʻsimlik hisoblanadi. Bir yillik novdalari tarkibida oqsil, yogʻ, kletchatka, 43,1% azotsiz ekstrakt moddalar, umuman, yer usti qismida 0,81—1,25% efir moyi bor. Yo. ni mollar qishda va bahorda xush koʻrib yeydi.


Lotin alifbosida maqola: YOVSHAN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
YOGʻ
Yulduz Usmonova - Xush keldilar
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты