XURMOY

XURMOY, Qizil xurmoy — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Vatani — Oʻzbekiston. Sharkiy ekologikgeografik navlar guruhiga mansub. X. koʻproq Oʻzbekistonda oʻstiriladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, dumaloq, guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha (200 —300 g), shakli silindrsimon, oʻrtacha zich. Gʻujumi yirik, uzunchoqovalsimon, toʻq qizil, binafsha rang, yupqa nim gʻubor bilan qoplangan. Pusti qalin etdor.

Hosili faol harorat yigʻindisi 2700° da oʻrtacha 150 kunda yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Kasalliklarga oʻrtacha chidamli. Hosildorligi 160-200 s/ga. Yangiligida yeyiladi, Kjnura sakdanadi. Uzoq joylarga yuborishga chidamli.


Lotin alifbosida maqola: XURMOY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ulug'bek Ismailov - Guli
XISHROV KISHMISHI
SHUTURANGUR
ASMA
ECHKIEMAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты