YODGOR VALLOMA MADRASASI

YODGOR VALLOMA MADRASASI — Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani markazidagi meʼmoriy yodgorlik (taxm. 1625). Madrasa maxalliy bek nomi bilan atalgan (uning mablagʻiga qurilgan). Madrasa bosh tarzining asosiy qismi va yon devorlaridan biri saqlangan. Maqbara (jan. sharqiy qismi)da Yodgor Vallomaning sagʻanasi bor. Yo. V. m. tashki burchaklariga burjguldasta ishlangan. Maqbara va masjid gumbaz tomli, miyonsaroy yassi gumbaz tomli, devori sirkor gʻisht bilan bezatilgan. Guldasta bezagidagi oq, zangori sirkor gʻishtchalar yaxshi saqlangan.


Lotin alifbosida maqola: YODGOR VALLOMA MADRASASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: Y harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QASHQADARYO VILOYATI
MADRASA
GUMBAZ
YAKKABOGʻ TUMANI


Добавить комментарий