XURRITLAR

XURRITLAR, xurriylar — til jihatidan urartlarga qardosh boʻlgan qad. qabilalar. Shim. Mesopotamiya va Dajla daryosining soʻl irmoklari havzasida mil. av. 3ming yillikdan, mil. av. 2ming yillikdan esa Frot daryosining yuqori va oʻrta havzasida, Suriya, Tavr togʻlari, qisman Falastinda va b. yerlarda yashaganlar. Xurritlarning eng koʻp tarkalgan markazi Zakavkazye boʻlgan degan taxminlar mavjud. Suriya va Mesopotamiyada X. somiylar bilan aralash yashashgan. Mil. av. 16 —13-a. larda X. Shim. Mesopotamiyada Mitanni davlatini barpo etib, Xett podsholigita kuchli taʼsir koʻrsatgan. Mil. av. 2 —1-ming yillik boshidagi ossuriy manbalarida X. subareylar deb qayd etilgan. Mil. av. 1-ming yillikda X. Armaniston togʻlari atrofida tarqoq holda yashashgan. X. mixxat yozuvidan foydalanishgan.


Lotin alifbosida maqola: XURRITLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
XITOY
ARMANISTON
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты