XURSHID DAVRON

XURSHID DAVRON (asl nomi Davronov Xurshid) (1952. 20.1,Samarkand viloyati Chordara qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Toshkent universitetining jurnalistika f-tini tugatgan (1969). Turli nashriyot va ijodiy tashkilotlarda ishlagan (1974 — 94). Maʼnaviyat va maʼrifat marka zida rahbar oʻrinbosari (1994—96). 1996-y. dan Oʻzbekiston televideniyesi «Yoshlar» telekanalining bosh direktori.

Dastlabki sheʼrlar toʻplami — «Qadrdon quyosh» (1979). «Shahardagi olma daraxti» (1979), «Tungi bogʻlar» (1981), «Toʻmaris koʻzlari» (Bolalik(1986), «Qaqnus» (1987) va «Bahordan bir kun oldin» (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat xissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. Xurshid Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.

Xurshid Davron 90-y. larda sheʼriyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U olis utmiщsa yashagan unugilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan kiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi va Bibixonim haqida «Samarkand xayoli» (1991), Ulugʻbek haqida «Sohibqiron nabirasi» (1995), Shayx Kubro haqida «Shahidlar shohi» (1998) kabi tarixiymaʼrifiy kissalarni yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-y. larda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatnint yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻgsdi. Xurshid Davron bunday tarixiy siymolar hayotini puxta oʻrganib, ular hakdda sahna asarlari ham yozdi. («Mirzo Ulugʻbek» — «Algʻul», 1995; «Boburshoh», 1996). Xurshid Davron tarixiy mavzudaga bu asarlari bilan hoz. oʻzbek dramaturgiyasiga oʻtmishda yashagan ajoyib vatandoshlarimizning yorqin obrazlarini olib kirdi. Xurshid Davron ayni paytda Samarqandda Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda «Odeon» teatrida Buxoro va Xivaning 2500-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismdan iborat «Temurnoma» videofilmi va «Buxoroyi sharif» (2 qismli) telefilmi ssenariylari muallifi.

Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat «Qirq bir ishq daftari» (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan «Dengiz yaproqlari» (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 2chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).

Ac: Samarqand xayoli, T., 1991; Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997; Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.


Lotin alifbosida maqola: XURSHID DAVRON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
NOSHIRLIK
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты