XURSHID DOʻSTMUHAMMAD

XURSHID DOʻSTMUHAMMAD (asl nomi Doʻstmuhamedov Xurshid) (1951.8.1, Toshkent) — yozuvchi, jurnalist. Toshkent universitetining jurnalistika f-tini tugatgan (1973). «Fan» nashriyoti hamda «Fan va turmush» jur. da muharrir va boʻlim muharriri (1973 — 83), «Qishloq haqiqati» gaz. da muxbir (198384), «Yosh kuch» jur. da boʻlim muharriri, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir (198495), Respublika Prezidenta devonida masʼul xodim (1995—97), «Hurriyat» gaz. da bosh muharrir (1997— 2002) va Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qoʻllabquvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasida hamrais (1997—2004). «Oʻzbekiston matbuoti» jur. ning bosh muharriri (2002—05), Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining rais oʻrinbosari (2004 — 05). Oʻzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi (2004).

Dastlabki kitobi — «Hovli etagidagi uy» (1989). Shundan keyin yozuvchining «Panoh», «Oromkursi», «Soʻroq», «Sof oʻzbekcha qotillik», «Mahzuna», «Ibn Mugʻanniy», «Yolgʻizim — Siz», «Koʻz qorachigʻidagi uy», ayniqsa, «Jajman» (1997) asarlari, shuningdek, «Hijronim mingdir mening» (2000) qissa va hikoyalar toʻplami, «Bozor» (2000) romani nashr etilgan.

Xurshid Doʻstmuhammad, shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan «Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari» xotiraessesi va «Jurnalist boʻlmoqchimisiz?» (2002) risolasi, «Chayongul» kinossenariysi muallifi (2000).

Xurshid Doʻstmuhammad 1 va 2 chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputata. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi (2005-y. dan).


Lotin alifbosida maqola: XURSHID DOʻSTMUHAMMAD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: X harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
Xurshid Do‘stmuhammad (1951)
XITOY
FRANSIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты